Nigeriyada maktab binosi qulashi oqibatida 22 o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Hodisa kecha, 12-iyul kuni mamlakatning shimoliy-markaziy Plato shtatida sodir bo‘lgan. Hodisa tufayli 132 kishi jarohatlangan.
Baxtsiz hodisaning yuz berishiga inshootning juda uzoq muddat xizmat qilganligi hamda taʼmirlanmasligi sabab bo‘lgan.


