1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekistonlik armrestlingchi 4 yilga musobaqalardan chetlatildi

Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi maʼlum qildi.

O‘zbekistonlik armrestlingchi 4 yilga musobaqalardan chetlatildi

 

Armrestling bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘tgan yili Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etgan Abror Rustamov 4 yil muddatga sport musobaqalaridan chetlatildi.

 

2023 yil avgust oyida Almati shahrida o‘tkazilgan armrestling bo‘yicha jahon chempionati vaqtida o‘zbekistonlik Abror Rustamovdan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan Stanozolol metaboliti hamda degidroxlorometil-testosteron taqiqlangan moddalari aniqlangan.

 

Sportchining analizida taqiqlangan modda borligi bo‘yicha sportchi ogohlantirilgan. Lekin A. Rustamov va uning vakillari tomonidan javob bo‘lmaganligi sababli Jahon armrestling federatsiyasi qaroriga ko‘ra, bunday harakatsizlik sportchining bu ijobiy doping natijasini qabul qilishi deb tushunilib, unga nisbatan 4 yil muddatga diskvalifikatsiya jazo chorasi qo‘llanildi.  

 

Bu vaqt davomida A.Rustamov belgilangan muddat davomida terma jamoa safida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, har qanday turdagi sport musobaqalarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

 

Milliy antidoping agentligi maʼlumotiga ko‘ra, bunday holatlarda sportchilar ogohlantirilishiga qaramay terma jamoa safida yig‘inlarga jalb qilinsa yoki ichki chempionatlarda ishtirok etadigan bo‘lsa unga nisbatan diskvalifikatsiya muddati uzaytirilishi, hattoki umrbod sportdan chetlatish chorasi qo‘llanilishi mumkin.

 

Aytish lozim, Stanozolol metaboliti hamda degidroxlorometil-testosteron anidoping qoidalarida mavjud taqiqlangan ro‘yxatning S1 "anabolik agentlar" guruhiga kiradi. Stanozolol metaboliti Butunjahon antidoping agentligi tomonidan 2014 yildan beri sportda taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика