1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori o‘zgardi

Bu bo‘yicha maʼlumotni maxsus telegram bot orqali tekshirish mumkin.

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori o‘zgardi

 

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobariga oshirilishi belgilangan.

 

Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

 

“Pensiya jamg‘armasi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yubordi”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamg‘armasiga murojaat etish zaruriyati yo‘q.

 

Pensiya miqdori oshganligi to‘g‘risidagi maʼlumotni maxsus telegram bot orqali tekshirish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика