"Manchester Yunayted" agar "PSJ" futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, klub hujumchi Markus Reshford uchun 100 million funt sterlingdan ko'proq so'raydi.
Avvalroq OAVda "PSJ" 26 yoshli angliyalik futbolchini "Real"ga o'tayotgan Kilian Mbappega o'rinbosar sifatida ko'rayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Parijliklar Reshfordni sotib olishga urinib ko'rishga tayyor.
Rashford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt hujumchini 70 million yevroga baholamoqda.


