Toshkent metro politenining «Buyuk ipak yo‘li» bekatidan TTZ dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv vaqtida maʼlum qildi.
Yangi loyihaga ko‘ra, «Buyuk ipak yo‘li» metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi.
Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.


