Rossiya raketa zarbalari oqibatida Ukrainaning 50 foiz energetik infratuzilmasi yo‘q qilindi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Jozef Bayden bilan telefon muloqoti chog‘ida maʼlum qildi.
Shuningdek, Ukraina yetakchisi AQSH Prezidentiga energetikani tiklash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan va bu yo‘nalishda hamkorlikni chuqurlashtirishga umid qilgan.
Bundan tashqari, Zelenskiy amerikalik hamkasbidan havo hujumiga qarshi mudofaani shakllantirishda yordam so‘ragan.
Bundan oldin Bayden Ukraina prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilganini aytgandi.


