Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Ukraina tomoni uning Kiyevga ehtimoliy tashrifini nomaqbul deb ataganini tasdiqladi.
"Latviya, Litva va Estoniya prezidentlari bilan birgalikda biz Yevropaning Ukraina bilan birdamligi haqida kuchli signal berish uchun Kiyevga bormoqchi edik. Men tayyor edim. Lekin, ochiqchasiga, tan olishimiz kerakki, Kiyev buni istamagan", - dedi prezident.
Avvalroq Germaniyaning «Bild» nashri Shtaynmayer Kiyevga tashrif buyurishni xohlagani, biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashishdan bosh tortgani haqida xabar bergan edi.
Nashrning yozishicha, ayni damda nemis siyosatchisining Rossiya bilan o‘tmishda yaqin aloqalari bo‘lgani uchun prezident Zelenskiy u bilan Kiyevda uchrashishni istamayapti.


