Kataloniyaliklar uning Qatar klubi bilan shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘laganidan keyin mutaxassis bilan shartnoma tuzishi mumkin bo‘ladi.
“Al-Sadd” maʼmuriyati shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan oldin ketish bandini to‘lab, Xavini “Barselona”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Kelajakda “Barselona” bilan hamkorlik qilishga ham kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xavining Qatar klubi rahbariyati bilan kelishuvi borligi, unga ko‘ra top-klublardan taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishi haqida xabar berilgan edi.
Avvalroq Xavi bilan muzokara ko‘ngildagidek o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


