1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yana bir mamlakatda koronavirusning yangi varianti — “eris” aniqlandi

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ikkita kasallanish holati qayd etilganini maʼlum qildi.

Yana bir mamlakatda koronavirusning yangi varianti — “eris” aniqlandi

 

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ikkita kasallanish holati qayd etilganini maʼlum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

 

“Grippga o‘xshash kasalliklar, o‘tkir respirator infeksiyalar va pnevmoniyani kuzatuvchi markazlarning test natijalari COVID-19 EG-5.2 variantining ikkita ijobiy holatini tasdiqlaydi”, — deyiladi agentlik xabarida.

 

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ikkala bemor ham kasallikka osonlikcha toqat qilishini va tuzalib ketayotganini aytdi. Bemorlarning yoshi aniqlanmagan.

 

Avvalroq Rossiya Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati mamlakatda EG.5“eris” koronavirusining omikron shtammining yangi varianti bilan kasallangan 17 ta holat aniqlangani haqida xabar bergan edi. Virusning yangi versiyasi hali keng tarqalmagan.

 

Bungacha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti EG.5.1 koronavirus omikron shtammining yangi subvariantiga ega bo‘lgan kasalliklar sonining tez o‘sishini eʼlon qilgan edi. Virusologlarning fikricha, yangi variant oxir-oqibat koronavirusning dominant shakliga aylanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика