1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yangi Zelandiyada Pfizer vaksinasidan birinchi odam o'ldi

Maʼlumotlarga ko‘ra, Yangi Zelandiya Sog‘liqni Saqlash Vazirligi 30 avgust kuni bemorning o‘limiga yurak mushagining yallig‘lanishiga olib kelgan kamdan-kam uchraydigan nojo‘ya taʼsir sabab bo‘lganini eʼlon qildi

Yangi Zelandiyada Pfizer vaksinasidan birinchi odam o'ldi

 

 

Yangi Zelandiyada Pfizer vaksinasi bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Vaksinalarni kuzatish guruhi o‘limni Pfizer vaksinasining kam uchraydigan, ammo maʼlum bo‘lgan yon taʼsiri bo‘lgan miokardit bilan bog‘lagan.

Qayd etilishicha, miokardit-yurak mushagining yallig‘lanishi bo‘lib, u organning qon quyish qobiliyatini cheklab, yurak urish tezligining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Pfizer voqeaga izoh berdi va emlashdan keyin kasallik belgilari bo‘lishi mumkinligini tan oldi, lekin bunday yon taʼsiri juda kam uchraydi.

Agentlik, shuningdek, emlashdan keyin boshqa tibbiy muammolar ham tanaga taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq SSV Namanganda vaksina ta’sirida falaj bo‘lib qolgan ayol bo‘yicha bayonot bergandi hamda SSV kimlar vaksina olmasligi mumkinligiga aniqlik kiritilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика