O‘zbekiston un va go‘sht narxlarini Rossiya bilan maxsus poyezdlarni ishga tushirish orqali barqarorlashtiradi
O‘zbekistondan Rossiyaga dastlabki sinov «Agroekspress»ni (qariyb 40 vagon) 2021 yilning kuzida jo‘natish rejalashtirilgan.

UzAgroLogistics Center agrologistika markazi, RJD Logistika AJ va «Rossiya eksport markazi» AJ Rossiya—O‘zbekiston logistika koridorini rivojlantirish hamda agrosanoat import va eksport yuklarini «Agroekspress» tezyurar refrijeratorli konteynerli poyezdlarida tashish borasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Hujjatda «Agroekspress» konteynerli tezyurar temir yo‘l poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yish orqali Rossiya—O‘zbekiston logistika koridori loyihasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorligini takomillashtirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, noxom ashyoviy noenergetik eksportni rivojlantirish, transport xizmatlari eksporti, shuningdek, boshqa hamroh ish va xizmatlarni taraqqiy ettirish sohasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
«2021 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga eksport tashishlar hajmi besh foizga oshdi va deyarli bir milliard dollarni tashkil etdi. Loyihaning to‘laqonli ishga tushirilishi o‘zaro manfaatli marshrutlarni shakllantiradi va rossiyalik eksportchilarni kompleks logistika xizmati hamda Rossiya mahsulotlarini uzilishlarsiz O‘zbekistonga yetkazish kanali bilan taʼminlaydi, bu esa o‘z navbatida ikki mamlakatning yillik tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarini yangi sifat bosqichiga ko‘taradi», — deydi «Rossiya eksport markazi» bosh direktori Veronika Nikishina.
O‘zbekistondan Rossiyaga dastlabki sinov «Agroekspress»ni (qariyb 40 vagon) 2021 yilning kuzida jo‘natish rejalashtirilgan.







