0

Koronavirus bo‘yicha Call-markazlarga murojaatlar soni 3 barobarga oshgan

Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar bermoqda

Koronavirus bo‘yicha Call-markazlarga murojaatlar soni 3 barobarga oshgan

Maʼlum qilinishicha, hozirda Call-markazda 30 nafar mutaxassis uch smenada qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Call-markazga kuniga 1100−1200 ta murojaat kelib tushmoqda. Bu 20 kun avvalga qaraganda 3 barobar ko‘p.

«Aholidan kecha [4 iyul kuni] 1360 ta murojaat kelib tushgan. 20 kun avval kuniga 300−400 ta qo‘ng‘iroq bo‘lib turardi» — deydi Call-markaz mutaxassisi Feruz Tojiyev.

Taʼkidlanishicha, murojaatchilarning aksariyati Toshkent shahri va viloyatlardagi COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni qabul qilayotgan shifoxonalarning manzili va telefon raqamini so‘ramoqda

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"