O'zbekiston

Toshkent xalqaro aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining «Toshkent xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari yo‘q bo‘lib ketayotgan kamyob turlar sirasiga kiruvchi sudralib yuruvchi hayvonlarni havo yo‘llari orqali yashirincha olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

 “Toshkent-Moskva” reysi bo‘yicha parvozga shaylangan fuqarolardan biri bojxonadan yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Ushbu shaxs bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida maʼlum qilmasdan turib, taqir to‘garakbosh, gekkoncha, kaltakesak kabi 35 bosh noyob jonzotlarni tirik holatda tamaki qutilari ichiga joylagancha olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Holat yuzasidan  bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
 

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

“Ta’limga sarflangan har bir so‘m — yoshlar kelajagiga sarmoya” — Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Toshkent ko‘chalarida changni kamaytirish choralari: qariyb 100 ta texnika suv sepmoqda

Ko‘chalarni namlash bilan birga, favvoralar va sug‘orish tizimlari ham ishga tushirilgan.

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

Tungi YTH: Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo'qotib daraxtga urildi

21 yoshli shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘zbekistonda o‘limlar soni kamaydi: 9 oyda 123,4 ming kishi vafot etdi

O‘lim holatlari soni so‘nggi besh yilning yanvar–sentyabr oylari orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga 299 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi: qariyb 56 ming fuqaroning huquqi tiklandi

Prokuraturaga eng ko‘p murojaatlar tergov va surishtiruv, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda sud hujjatlari ijrosi yuzasidan kelib tushgan.

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

64 ming USDTlik litsenziyasiz kripto-savdo: talaba ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U kripto-savdo bilan birga Telegram orqali 140 ta xorijiy virtual telefon raqamini sotgan.

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

O‘zbekistonga tijorat safarlari ko‘paydi: afg‘onistonliklar yetakchi

To‘qqiz oy davomida Afg‘onistondan 323 660 nafar fuqaro kelgan.

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda

Kelasi yildan sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.