Peshku tumanida ijtimoiy tarmoq orqali o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
Peshku tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 19 iyun kuni nomaʼlum shaxs tumanning Qaraqalpoq mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan, oilaviy poliklinika shifokori, s.A. ning nomidaga “Mikrokredit bank” ATB tomonidan rasmiylashtirib berilgan plastik kartada mavjud mablag‘larni yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, kartadan jami 2.227.600 so‘m pullarni yechib olib, o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan.


Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 3-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas maxsus texnik, tezkor tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov, maxsus texnik hamda tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan vaqtincha ishsiz A.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Jinoyat ishida gumon qilinuvchi A.Sh. bilan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida Aniqlanishicha, u o‘ziga tegishli “Samsung J-6” rusumli telefon apparatiga o‘rnatilgan sim kartaga “Slick Evolution” mobil ilovasini ulab, mazkur sim kartaga ilgari “Slick Evolution” mobil ilovasini ulab foydalanib kelgan s.A. ning nomidagi “Mikrokredit bank” ATB tomonidan berilgan plastik kartadan pullarni yechib olganligi fosh etilgan.
Hozirda ushbu shaxsning respublikamizning boshqa hududlari hamda viloyatimizning qolgan tumanlarida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







