Jamiyat

“Afrosiyob” poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

13 iyul kuni soat 7:28 da Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik o‘zgarish bo‘ladi.

“Afrosiyob” poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

 

 

Bunga Navoiy-Buxoro yo‘nalishidagi temiryo‘lda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi sabab qilib keltirilgan.

Unga ko‘ra mazkur poyezd shu kuni Toshkent-Navoiy yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Yo‘lovchilar Navoiydan Buxorogacha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"