Jamiyat

Buxoroda qizil kitobga kiritilgan cho‘l bo‘ktargisi(stepnoy lun) qushini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Joriy yil 12 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro R.L tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga kiritilgan Cho‘l bo‘ktargisi (Stepnoy lun) qushini internetdagi bepul eʼlonlar sayti orqali sotish haqidagi xabarini joylaydi.

Buxoroda qizil kitobga kiritilgan cho‘l bo‘ktargisi(stepnoy lun) qushini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi


Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilmaxillik bo‘limi mutaxassislari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Buxoro tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, vaziyat o‘rganilgan. Surishtiruvlar natijasida qush Buxoro shaxri “Yashnabod” MFYda yashovchi fuqaro R.L ning o‘z xonadonida parvarish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi.


 Qushni tabiatga qo‘yib yuborish uchun  Buxoro ixtisoslashtirilgan“Jayron” pitomnigiga topshirildi.


Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92 moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"