Jamiyat

“Каскадёрлар” 10 суткага қамалади

Buning ustiga jarima ham to‘laydi.

“Каскадёрлар” 10 суткага қамалади

 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Kaskadyorlikmi yoki jinnilikmi?!» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Mazkur lavhada bir necha yigitlardan iborat  TikTok‘chilar mashhur bo‘lish istagida avtomashinaning  ustki qismiga boshqa bir yigitni bog‘lab qo‘ygani,  avtomashina yurib ketayotgani aks etgan. Bu   yigitlarning  navbatdagi xavfli pranklari  ijtimoiy tarmoq faollari orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Zamon.uz muxbiri  ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIB matbuot xodimi bilan bog‘landi.

 

 Berilgan maʼlumotga ko‘ra, o‘zining xurmacha qiliqlari bilan yulduz bo‘lishni istagan  bu yigitlar Toshkent shahar IIBB ga chaqirtirilib,   ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Voqea 1 iyul kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Yigitlarning biri bu ishdan maqsad internetda tanilish va  shou qilish ekanligi bilan izoh bergan.  

 

Mazkur holat  Toshkent shahar IIBB tomonidan  atroflicha o‘rganib chiqildi va “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 125-  va 183 - moddasiga ko‘ra  sudga hujjatlar taqdim qilindi. Sud qaroriga qoidabuzarlarga ko‘ra  10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi,  bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravar miqdorida jarima tayinlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"