Xodimlarini emlagan korxonalar karantin cheklovlarini yengillashtirish taklif etildi
Choyxona, restoranlar ishchilari emlansa, 20:00 gacha bo‘lgan cheklovlar bekor qilinishi mumkin.

Karantin choralarini, shu jumladan o‘z xodimlarining emlanishini yetarlicha ta’minlagan (jamoaviy immunitetga erishgan), tashrif buyuruvchi mijozlarga nisbatan yetarli talablar o‘rnatilgan holda xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish korxonalariga taalluqli karantin cheklovlarini yengillashtirish, ya’ni cheklangan muddatdan tashqari vaqtlarda ishlashga ruxsat berish amaliyotini joriy qilish.







