Jamiyat

ССВ «Тез ёрдам»га юкламани оширмасликни сўради

Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, dam olish kunlarida tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar keskin ortishi kuzatilgan, bu esa koronavirus bilan aloqador bo‘lmagan boshqa murojaatchilarga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.

ССВ «Тез ёрдам»га юкламани оширмасликни сўради

 

 

Mamlakatimizdagi keskin epidemiologik vaziyatni hisobga olib, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi barcha tibbiyot muassasalarining tun-u kun uzluksiz faoliyat olib borishi yo‘lga qo‘yildi. 

Unga ko‘ra:

  • Maxsus SOVID-19 poliklinikalarining to‘laqonli faoliyat yuritishini;

  • mamlakatimizdagi 199ta ko‘p tarmoqli poliklinikalarda uch nafar umumiy amaliyot va bir nafar pediatr shifokori hamda ularga biriktirilgan holda uch nafar hamshira va muolaja xonasiga masʼul xodimlardan iborat tarkibda 2 smenada tun-u kun navbatchilik tashkil etilishini;

  • barcha oilaviy poliklinikalarda tegishli avtomobillar biriktirilgani holda tunu-kun ishlaydigan 2-3 nafardan oilaviy shifokor va hamshiradan iborat postlar tashkil etilishini;

  • Call-markaz (1003) orqali malakali mutaxassislar koronavirus bo‘yicha aholi tomonidan berilayotgan savollarga tun-u kun to‘liq javob berilishi belgilangan.

Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi, pnevmoniya yoki ushbu kasalliklarga gumon qilingan va boshqa yuqumli xastaliklar bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida mamlakat bo‘yicha jami 82ta maxsus shifoxonalar faoliyat yuritmoqda. 

Kasallik klinik belgilarsiz va yengil kechayotgani sababli uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish hamda ularga ambulator hamda bemor uyiga borgan holda xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida 124ta ixtisoslashtirilgan maxsus poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 222ta “mobil brigadalar” tashkil etilgan.

«Ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, dam olish kunlarida tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlarning keskin ortganini ko‘rish mumkin. Bu esa koronavirus bilan aloqador bo‘lmagan boshqa murojaatchilarga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar ham keltirib chiqarishi mumkin. 

Bu vaziyatda xalqimiz xizmatida bo‘lib turgan tez tibbiy yordam xodimlarining mehnatini va vaqtini, ularga murojaat qilayotgan bemorlarning salomatligini hisobga olgan holda, o‘zida koronavirus alomatlarini sezgan yurtdoshlarimizdan yuqorida faqat shunday bemorlargagina xizmat ko‘rsatadigan muassasalarga ham murojaat qilishni so‘rab qolamiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Toshkent shahrining har bir tumanida faoliyat yuritayotgan maxsus poliklinikalarning manzillari va telefon raqamlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

«Tobora qaltis tus olayotgan COVID-19 pandemiyasi davrida o‘zingiz va yaqinlaringizning sog‘ligini asrang. Unutmang, vaksinatsiya — virusni yengishning yagona yo‘li», deya taʼkidlaydi vazirlik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"