O‘zbekistonga salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda
Bugun O‘zbekistonda kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kuni 41-44 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 45-46 daraja issiqni tashkil etadi.


Ertadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Volgabo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati biroz pasayadi va 37-40 daraja issiq, baʼzi joylarda janubda 42 daraja issiq, shimolda 34-37 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga kelib 33-35 daraja issiqni tashkil etadi hamda meʼyoriy qiymatlarga yaqinlashadi, baʼzi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 darajaga past bo‘ladi.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.







