Jamiyat

Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketdi

Joriy yil 26 iyul kuni soat 20:53da Toshkent shahri, Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan elektr podstansiyasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketdi

 

 

FVV xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 20:57da yetib borgan. Yong‘inni o‘chirishga 4ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilib, yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilgan.

 

Vazirlik xabariga ko‘ra, podstansiya elektr manbasidan uzilishi bilan yong‘in qurshab olinib, u soat 22:42da batamom o‘chirilgan.

 

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"