Siyosat

Prezident mehnat migratsiyasiga oid qaror imzoladi

Prezidentning "Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Prezident mehnat migratsiyasiga oid qaror imzoladi

 

 

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan mehnat migrantlarining:

  • xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish (BHM -bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobarigacha);

  • yo‘l transport chiptasi (BHM 2 barobarigacha);

  • ishchi vizalarini rasmiylashtirish (BHM 5 barobarigacha) xarajatlarining bir qismi davlat hisobidan qoplab beriladi.

Maʼlumot uchun: hozirgi vaqtda BHM 245 ming so‘mni tashkil etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"