Jahon

Klimatologlar ogohlantiradi: dunyoni yangi ob-havo falokatlari kutmoqda

Iqlim o‘zgarishi uzoq istiqbol emas. Uni biz bugun ko‘rib turibmiz.

Klimatologlar ogohlantiradi: dunyoni yangi ob-havo falokatlari kutmoqda

 

 

Buyuk Britaniya meteorologiya idorasi 2020 yilgi ko‘plab yangilangan ob-havo rekordlari hisobotini taqdim etdi.

 

Shunday qilib, 1884 yildan beri o‘tkazila boshlangan kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bahor bo‘ldi. May - o‘n yilliklar ichida eng quruq keldi. Shu bilan birga, o‘tgan yili rekord darajada yog‘ingarchilik tushdi.

 

"Biz yuqori harorat va yog‘ingarchilik ko‘payishi, ob-havoning keskin o‘zgarishi tendensiyasini ko‘rib turibmiz. Prognozlarimizga binoan bu kelajakda ham davom etadi. Butun dunyoda og‘ir ob-havo sharoitlari hukm surmoqda. Masalan, Kanadada Selsiy bo‘yicha +49,6 daraja qayd etildi. Bu inson omili - iqlim tizimiga taʼsirsiz amalga oshmayapti albatta", deydi Buyuk Britaniyaning Meteorologik byuro iqlimshunosi Mayk Kendon.

 

Issiq ob-havo oldidan bo‘ronlar bo‘ldi. Fevral oyida “Ciara” bo‘roni Buyuk Britaniyani urdi, keyin insonlar hayotiga zomin bo‘lgan “Denis” keldi. Xullas, bu yil rekord issiq kuchli yog‘ingarchilik bilan almashib turdi. Ketma-ket toshqinlar infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi.

 

"Prognoz aniq va ravshan: issiqlik energiyasi miqdori oshishi bilan atmosfera ko‘proq suvni ushlab tura oladi. Bu tez-tez bo‘ronlar, ekstremal ob-havo bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Nam iqlim yana-da namroq, qurug‘i esa - yana-da quruqroq bo‘ladi. Dengiz sathining ko‘tarilishi muqarrar», deydi Okeanografiya milliy markazi direktori Yed Xill.

 

Olimlarning fikricha, muammoning tezkor yechimi yo‘q. Buning uchun global chora-tadbirlar kompleksi va vaqt zarur. Ayni paytda esa dunyo yangi ob-havo kataklizmlariga tayyor turishi kerak.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Klimatologlar ogohlantiradi: dunyoni yangi ob-havo falokatlari kutmoqda | Zamon.uz