So'nggi 6 oy ichida 1,5 mln kishi jamoat tartibini buzgani aniqlandi
Shu yilning o‘tgan 6 oyida O‘zbekistonda 1 mln 575 mingdan ortiq fuqaro jamoat tartibini buzgani uchun ichki ishlar organlariga olib kelingan.

IIV mas’uli xodimiga ko‘ra, 681 mingdan ortiq qoidabuzarlik aynan profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan.
Shuningdek, 733 ming nafar fuqaro ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan, 14 mingdan oshig‘i tilanchilik bilan shug‘ullangan, 13 mingdan ko‘pi esa mast holatda jamoat tartibini buzgani aniqlangan.
Ichki ishlar organlariga olib kelinganlar ichida 4 mingdan ziyod uy-joyi bo‘lmagan shaxslar hamda 4 958 nafar ota-onasining qarovsiz qolgan bolalar tashkil etgan.







