0

Navoiyda aka-uka tovlamachilikda ayblandi

Navoiyda aka-uka tovlamachilik qilib, Janubiy Koreyaga yuborish uchun ikki do‘stidan 3 000 dollardan pul undirdi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar berdi.

Navoiyda aka-uka tovlamachilikda ayblandi

 

1991 yilda tug‘ilgan nurotalik yigit o‘z ukasi bilan Janubiy Koreya davlatiga ishlashga bormoqchi bo‘lib, poytaxtdan ketishiga ko‘maklashuvchi turli tanishlar orttirgan.  Ammo ularning hech qanday foydasi tegmagan.

 

Shundan so‘ng ular o‘z ishining xatoligini bila turib, firibgarlikka qo‘l urgan. Oqibatda 2 nafar sinfdoshining xuddi o‘zi kabi Janubiy Koreyaga ishga ketmoqchi bo‘lganini bilgach, tanishlari orqali ishni tezlashtirib berishini vaʼda qilgan. Jabrlanuvchilarning har biridan 3000 AQSH dollaridan pullarni olib, jami 6 000 AQSH dollarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

 

Jabrlanuvchilarning  shikoyatlariga ko‘ra, Nurota tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksi 168 moddasining tegishli bandlariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Navoiyda aka-uka tovlamachilikda ayblandi