Jahon

Boris Jonson: “Tolibon”ni qonuniy harakat sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”

Boris Jonsonning fikricha, “Tolibon” ning qonuniy harakat sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Boris Jonson: “Tolibon”ni qonuniy harakat sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”

 

 

Jonson “Tolibon”ning konuniyligini bir tomonlama tan olish nojoiz qadamligini aytib o‘tdi.

 

“Biz alohida davlatlar va “Tolibon” o‘rtasida rasmiy munosabatlar o‘rnatilishini xohlamaymiz” ,- degan Britaniya bosh vaziri.

 

Shuningdek, Jonson bu masalada BMT va NATO birgalikda harakat qilishi lozimligini aytib, Afg‘onistonda hokimiyat almashgani hamda mamlakat siyosiy kelajagi mavhum qolayotganini taʼkidladi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri “Hech kim Afg‘onistonning terror o‘chog‘i bo‘lishini yoki yana 2001 yilgacha bo‘lgan vaziyatga qaytishini istamaydi”, - deb aytib o‘tgan.

 

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles ham vaziyatga munosabat bildirar ekan, eng avvalo Britaniya Afg‘onistonga boshqa qaytmasligini taʼkidladi. Shuningdek, mutasaddining fikricha, hozirgi vaziyatda qo‘shni mamlakatlarga afg‘onistonlik migrantlar oqimi yana-da oshishi mumkin.

 

15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egalladi. Shundan keyin shahardagi barcha muhim nuqtalar, jumladan, Prezident saroyi ham  harakat nazoratiga o‘tdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi.

 

Prezident saroyida o‘tgan muzokaralar natijasida Afg‘onistonda hokimiyat koordinatsion kengash qo‘liga o‘tib, unga Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay, Milliy yarashuv kengashi boshlig‘i Abdulla Abdulla aʼzo bo‘lib kirgan.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Afg‘onistondagi siyosiy hokimiyat “Tolibon” ning Dohadagi Siyosiy ofisi rahbari Mulla Abdulg‘ani Barodarga o‘tishi kutilmoqda.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Boris Jonson: “Tolibon”ni qonuniy harakat sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” | Zamon.uz