Yangiyo‘ldagi suv muammosiga hokimlik izoh berdi
Ijtimoiy tarmoq orqali Yangiyo‘l tumani “Qo‘shtepa” mahallasidagi ekin maydonlariga suv yetib kelmayotganligi to‘g‘risida video murojaat yo‘llangan.


Ushbu murojaatga masʼullar quyidagicha javob beradi:
Mazkur manzildagi ichki nasos elektr energiyadan qarzdorligi sababli o‘chirilgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ishlatilgan energiyasi uchun fermer xo‘jaligi tomonidan pul to‘lanmaganligi sababli o‘chirilgan.
Bu masalaga masʼullar kelib sarflangan xarajatlarni yaʼni qarzdorlikni bartaraf etmaydi, aksincha fermer xo‘jaligining saʼi-harakatlari bilan ijobiy natijaga erishish mumkin.







