Jahon

Ashraf G‘ani BAAdan Afg‘oniston aholisiga murojaat qildi

Afg‘onistondan qochib ketgan mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga videomurojaat qildi. U murojaatini o‘zining Facebook sahifasiga joyladi.

Ashraf G‘ani BAAdan Afg‘oniston aholisiga murojaat qildi

Siyosatchining aytishicha, u Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, Kobuldan ketayotganida o‘zi bilan pul olib ketmagan.

«Men sizga Kobul qulagan kuni nima bo‘lganini batafsil keyin aytib beraman. Afg‘onistonni tark etishga majbur bo‘ldim, chunki men Kobulda qon to‘kilishiga sababchi bo‘lishni xohlamadim. Kobuldan pul bilan ketganim haqidagi ayblovlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yolg‘on, men bir ko‘ylak, salla va poyabzal bilan mamlakatni tark etdim va bitta sumkada bir nechta kitobni olib ketdim», — degan Ashraf G‘ani va tez orada Afg‘onistonga qaytishini vaʼda qilgan.

Shuningdek, u “Tolibon” harakati vakillari Kobulga kirmaslikka vaʼda berganini, lekin prezident saroyini oldindan o‘rab olganini taʼkidlagan. Afg‘onistonning sobiq rahbari o‘z vatandoshlarini o‘z xalqini sotgani va o‘z najoti uchun qochgani haqidagi daʼvolarga ishonmaslikka chaqirgan.

«Agar kimdir sizga prezident sizni o‘z moliyaviy manfaatlari uchun va o‘z jonini saqlab qolish uchun sotgan, desa, ishonmang», — degan G‘ani.

Shu bilan birga, u Afg‘onistonda unga qarshi fitna uyushtirilganini aytgan.

«Xavfsizlik kuchlari xodimlari menga fitna borligini aytdi. Men 15 avgust, yakshanba kuni ofisimda odatdagidek ishladim. Tushlik payti Kobuldagi vaziyatni baholash uchun Mudofaa vazirligiga bordim. To‘satdan mening qo‘riqchilarim katta fitnaning oldini olish va meni tashqariga chiqarish uchun keldi», — degan u.

O‘z navbatida, AQSH davlat kotibining o‘rinbosari Uendi Sherman Ashraf G‘anining afg‘on xalqiga qilgan murojaatiga izoh berar ekan, Afg‘onistonning qochoq prezidenti endi o‘z mamlakatining siyosiy arbobi emasligini aytgan.

Avvalroq BAA Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va uning oilasi mamlakatda ekanini tasdiqlagan edi. Shuningdek, G‘ani mamlakatdan qochar ekan, davlat xazinasidan 169 million dollar o‘g‘irlagani aytilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"