Jahon

Afg‘oniston giyohvand moddalar yetishtirishdan butkul qutula oladimi?

2017-yilda Afg‘onistonda 350 ming kishi giyohvand moddalar yetishtirish sohasida mehnat qilgan, mamlakatga buning ortidan 68 milliard dollar daromad kelgan.

Afg‘oniston giyohvand moddalar yetishtirishdan butkul qutula oladimi?

 

Afg‘oniston narkotik moddalar yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, jahon miqyosidagi 90 foiz opiumana shu zaminda tayyorlanadi. BMTning maʼlum qilishicha, har yili giyohvand moddalar yetishtiriladigan maydonlar o‘rtacha 20 foizga ko‘payyapti.

 

“Tolibon” 17 avgustda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirish butunlay to‘xtatilishini maʼlum qildi. Lekin baʼzi omillar buni amalga oshirishda to‘siq bo‘lishi mumkin.

 

Birinchidan, afg‘ondehqonlari uzoq yillar davomida ko‘knori yetishtirib kelmoqda. Bu o‘simlikni yetishtirish nisbatan oson, unchalik qattiq mehnat talab qilmaydi. Daromadi esa oddiy meva-sabzavotlardan bir necha o‘n barobar ko‘p.

 

Afg‘onistonda,ayniqsa, janubiy viloyatlar — Nimro‘z, Hilmand, Qandahor va Uruzgonda 85 foiz aholi ko‘knori yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Butun mamlakat bo‘yicha jami 350 ming odam giyohvand moddalar yetishtirish sanoatida mehnat qiladi. 2018 yilda mamlakatda 6400 tonna giyohvand modda yetishtirilgan. Toliblarning narkotik plantatsiyalarni  tag-tomiri bilan yo‘qotishi ko‘plab aholi qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ladi.

 

Ikkinchidan, “Tolibon” daromadlarining katta qismi giyohvand moddalar savdosiga bog‘liq. buning ortidan toliblarning uchdan bir, baʼzi maʼlumotlarga daromadlarining yarmi keladi. Hali mamlakatning ustidan to‘la nazorat o‘rnatmasdan turib va barcha mablag‘lar ustidan nazorat o‘rnatmasdan o‘zining asosiy manbayidan ayrilish qiyin.

 

90 yillarda “Tolibon” hokimiyatda turgan vaqtlarda dastlab giyohvand moddalar yetishtirishga qarshilik qilmagan. Lekin keyinchalik, ayniqsa, 2000 yildan boshlab bunga qarshi keskin kurash olib bordi. Agar o‘shanda 3 ming 276 tonna opiy kukuni yetishtirilgan bo‘lsa, 2001 yilda uning miqdori 185 tonnaga tushib ketgan. Buni ekspertlar toliblarning giyohvandlikka qarshi harakatlari bilan bog‘laydi. Qayd etish kerakki, ularning bu siyosati jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Masalan, AQSH 2001 yil bahorida giyohvand moddalarni yo‘qotish uchun Afg‘onistonga 43 million dollar ajratgan.

 

Afg‘onistonda narkotik yetishtirish geografiyasiga eʼtibor berilsa, bu, asosan, janubda rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Eng katta plantatsiyalarHilmand viloyatida bo‘lib, 115 ming 597 gektarni tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinda Qandahor — 20 ming 555 gektar. Har ikki viloyatda ham 85 foiz aholi shu ish bilan band.

 

Afg‘on geroini mamlakatdan turli yo‘llar bilan olib chiqiladi. Masalan, Eron va Turkiya orqali o‘tgan sharqiy marshrutdan giyohvand moddalar Yevropaga chiqadi. Baʼzi ekspertlar fikricha, Turkiya aynan shu sababli NATO va AQSH qo‘shinlari to‘liq olib chiqilganidan keyin ham Afg‘onistonda qolishi mumkin.Anqara bu orqali narkotrafikni nazorat qilish imkonini qo‘lga kiritadi va sezilarli darajada giyohvand moddalar savdosini kamaytirishi mumkin.

 

“Tolibon” o‘z hukumatini keng miqyosda tan olinishini istaydi. Giyohvand moddalar yetishtirishni yo‘qotish esa toliblarning jahon hamjamiyatida obro‘si oshishiga sabab bo‘ladi. Agar “Tolibon” tinch rivojlanish yo‘lini tanlasa, bir necha yildan so‘ng iqtisodiyot sohasida giyohvand moddalar savdosiga bog‘liqlikdan qutulishi mumkin. Zero, bu baloni yo‘qotish nafaqat Afg‘oniston, balki butun dunyo xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"