0

Mirishkorda bank xodimlari aralashgan noqonuniy “o‘yin” fosh etildi

Mirishkor tumanida Xalq banki xodimi resurs yoʻq deb, fuqarolardan birining kredit uchun tayyorlangan hujjatlaridan foydalandi.

Mirishkorda bank xodimlari aralashgan noqonuniy “o‘yin” fosh etildi

 


Qashqadaryo IIB maʼlumotiga koʻra, 2021-yil 19-avgust kuni Mirishkor tumani “Mirobod” mahallasida yashovchi fuqaro X.J. IIBga ariza bilan shikoyat qilgan.


U oʻz arizasida 2019-yil 26-iyun kuni Xalq bankining Mirishkor filiali xodimi I.Sh.ga kredit olish masalasi boʻyicha murojaat qilgani, unga kredit berish uchun resurs yoʻqligini bildirgan boʻlsa-da, lekin I.Sh uning nomidan kredit olishi uchun bank boshligʻi nomiga yozilgan ariza va kredit olishga asos boʻladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, firibgarlik yoʻli bilan 17 mln soʻm kredit olganini maʼlum qilgan.
Va mablagʻni oʻzining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.


Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan I.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryoda bank xodimlari mijozlar tomonidan kaltaklangani hamda Shahrisabzda bankomatlarning ishlamayotgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Mirishkorda bank xodimlari aralashgan noqonuniy “o‘yin” fosh etildi