O'zbekiston

Oʼzbekiston “Tolibon” bilan kelishuv asosida 150 qochqinni Аfgʼonistonga qaytardi

Oʼzbekiston “Tolibon” rahbariyati vakillari bilan oʼzbek-afgʼon chegarasini noqonuniy kesib oʼtgan Аfgʼoniston fuqarolariga nisbatan har qanday zoʼravonlik, tazyiq va taʼqiblarning oldini olish boʼyicha kelishuvlar natijasida 150 nafar qochqinni oʼz xohishi bilan vataniga qaytardi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Oʼzbekiston “Tolibon” bilan kelishuv asosida 150 qochqinni Аfgʼonistonga qaytardi

Qayd etilishicha, “Tolibon” harakati vakillari bilan shu keskin kunlarda oʼzbek-afgʼon chegarasini noqonuniy kesib oʼtgan Аfgʼoniston fuqarolarining xavfsizlik kafolatlarini olish boʼyicha koʼp ishlar qilingan.

Аfgʼonistonga qaytgan fuqarolardan olingan maʼlumotlarga koʼra, ularga nisbatan rasmiy protsessual choralar koʼrilgandan soʼng, ularning hammasi uylariga qoʼyib yuborilgan va hozirda ular oʼz oilalari bagʼrida toʼliq xavfsiz holda boʼlib turibdi.

Qayd etish kerakki, Oʼzbekiston nafaqat afgʼonistonlik qochqinlarni oʼz vataniga qaytarish boʼyicha ishlar olib bormoqda, balki xorijiy fuqarolarni Аfgʼonistondan evakuatsiya qilish boʼyicha Yevropa davlatlariga koʼmaklashmoqda. Bu uchun albatta, minnatdorlik bildirgan davlat rahbarlari ham boʼldi. 

Eslatib oʼtamiz, oʼtgan bir necha kun mobaynida Oʼzbekiston hududi orqali xorijiy davlatlarning 1982 fuqarosi evakuatsiya qilindi. Ushbu jarayonlarda Toshkent-3 mahalliy aeroporti tranzit vazifasini oʼtamoqda. 

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"