O'zbekiston

Konstantin Obolenskiy Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

24 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shveysariyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Konstantin Obolenskiyni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Konstantin Obolenskiy Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

 

 

Ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilgan Abdulaziz Komilov elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabriklagan va unga yuqori va masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.

 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni jadallashtirish orqali munosabatlarni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etilgan.

 

«Afg‘onistondagi mavjud holatni hisobga olgan holda mintaqadagi vaziyat, shu jumladan, Shveysariya fuqarolarini bu mamlakatdan evakuatsiya masalalari yuzasidan fikr almashildi», — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, Tashqi ishlar vaziri koronavirusga qarshi to‘liq emlangani haqida xabar bergandik.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Konstantin Obolenskiy Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi | Zamon.uz