Jahon

Afg‘oniston: terakt ortidagi haqiqat, shubha  va gumonlar

Teraktdan keyin javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi. Bayden ham portlash ISHIDning Afg‘onistondagi guruhlari tomonidan amalga oshirilganini aytdi. Terakt oqibatida 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘lgan. Shu bois AQSH yetakchisi terrorchi guruhlarga aviazarbalar berishga buyruq  berdi.

Afg‘oniston: terakt ortidagi haqiqat, shubha  va gumonlar

 

 

26 avgustda Kobul aeroportidagi terakt oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, ular orasida AQSH harbiylari va “Tolibon” patrullari ham bor.

 

Terakt haqida ogohlantirish kunning birinchi yarmida paydo bo‘la boshladi: dastlab Buyuk Britaniya, keyinchalik Germaniya mudofaa vazirligi aeroportga hujumlar ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. AQSH razvedkasi ham teraktlar xavfi yuqoriligini bir necha kun avval taʼkidlagan.

 

Teraktdan keyin javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi. Bayden ham portlash ISHIDning Afg‘onistondagi guruhlari tomonidan amalga oshirilganini aytdi. Terakt oqibatida 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘lgan. Shu bois AQSH yetakchisi terrorchi guruhlarga aviazarbalar berishga buyruq  berdi.

 

Ammo ISHID yagona variant emas. Baʼzi ekspertlar, jumladan, rossiyalik afg‘onshunos Andrey Serenko teraktga “Haqqoniy tizimi”ni aloqador deb hisoblaydi. Serenko bunga guruhga xos taktikani – terakt uyushtirib, keyin uni ISHID yoki boshqa radikal guruhlarga ag‘darishni asos sifatida keltirmoqda. Haqqoniy hozirgi kunda “Tolibon” hukumatida katta mavqega ega va bu ayblovlar bevosita harakatga ham borib taqalishi mumkin. Buning ustiga AQSH “Haqqoniy tizimi” rahbari Halil Haqqoniy uchun 5 million dollar taklif qilmoqda. Lekin “Tolibon”ning baʼzi hatti-harakatlari bu tahminlarni puchga chiqarmoqda.

 

birinchidan, terakt haqida dastlab toliblarning o‘zi ogohlantirdi.

 

Ikkinchidan, harakat portlashni keskin qoralab chiqdi.

 

 Uchinchidan, teraktni ISHID o‘z zimmasiga oldi.

 

Bundan tashqari terakt  “Tolibon” uchun hech qanday naf bermaydi. Harakat o‘zini xalqaro miqyosda tan olinishini istaydi. Tabiiyki, bu kabi xatti-harakatlar uning legitimligini shubha ostiga qo‘yadi.

 

Afg‘onistonda ISHID guruhlari bor. AQSH va G‘arbning chiqib ketishi, markaziy hukumat qulashi katta bo‘shliqni vujudga keltirdi va bundan terrorchilar foydalanib qolishga intilishi aniq. Bu toliblar uchun ham xavfli. Ular uchun hozirda Afg‘onistonda davlat qurish va hokimiyatni mustahkamlash muhim, ammo ISHID harakatlari bunga to‘sqinlik qiladi. Shu bois “Tolibon” 27 avgustdayoq Nangahar va Kunar viloyatlarida ISHID terrorchilariga qarshi kurashni boshlab yubordi.

 

AQSHning teraktga munosabati Afg‘onistonda Vashington gegemonligi tugayotganidan dalolat beradi. Agar bunday qurbonlar 2000 yillarda ro‘y berganida Amerika katta harbiy kampaniya boshlashi aniq edi. Ammo 2021 yilga kelib AQSH bu kabi operatsiyalarni amalga oshira olmaydi. To‘g‘ri aviatsiya yordamida zarbalar berish mumkin, lekin bu vaziyatni tubdan o‘zgartirmaydi.

 

ISHIDni Afg‘oniston hududidan siqib chiqarish o‘ta dolzarb masala sanaladi. Markaziy Osiyo biqinida bunday  xavfning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki oqibat juda ayanchli bo‘lishi mumkin: yangi urush o‘choqlari, ulkan gumanitar halokat nafaqat Afg‘oniston, balki butun dunyoga salbiy taʼsir o‘tkazishi mumkin.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Bu yil boshidan buyon ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Avvalroq Bahrayndagi AQSh radar stansiyasi ham nishonga olingan edi.

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

Niqob taqqan ikki kishi haydovchidan mashinadan tushishni talab qilgan. U bo‘ysunmay, qochishga uringanida avtomobilga qarata o‘q uzilgan.

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

Eron AQSh OAVlaridagi xabarlar keyingi tajovuz uchun bahona yaratishga qaratilganini bildirgan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.