O'zbekiston

O‘zbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

«Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

 

 

Qarorga ko‘ra, eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi.

 

Maxsus rejim dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT-park) alohida bo‘g‘ini bo‘lib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.

 

Hujjatga binoan, maxsus rejim talabgorlari uchun tajriba-sinov loyihalari doirasida faoliyatga ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni tezlashtirilgan va soddalashtirilgan holda olish tizimi joriy qilinadi. Bunda:

 

  • Arizalar 5 ish kuni ichida tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

  • Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan qisqartiriladi.

  • Tegishli hujjatlarni olish uchun belgilangan to‘lov miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.

  • Vakolatli davlat organi tegishli faoliyatni amalga oshirishning kamaytirilgan talablari va shartlarini belgilaydi.

 

Maxsus rejim ishtirokchilariga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

O‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan xarajatlari tegishli tartibda davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi. Maxsus rejim faoliyatining muddati 5 yilni tashkil etadi. Tajriba-sinov loyihalari 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

 

Belgilanishicha, maxsus rejim ishtirokchilari loyihalar tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgandan so‘ng ularni to‘liq amaliyotga joriy qilishga ruxsat olishi mumkin. Shuningdek, mahsulotni realizatsiya qilishda va xizmatlarni ko‘rsatishda buyurtmachilarni tajriba-sinovdan o‘tkazilayotgani to‘g‘risida ogohlantiradi va ularning tegishli ro‘yxatini yuritadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda olingan ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarda belgilab berilgan talablar va majburiyatlarga to‘liq rioya qilishi shart.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi | Zamon.uz