Sport

Besh kuchli chempionat: navbatdagi tur qanday natijalar bilan yakunlandi?

O‘tgan haftadan boshlangan Yevropaning eng kuchli besh chempionati o‘yinlarida qayd etilgan natijalar, turnir jadvalidagi holat va to‘purarlar poygasida kim peshqadamlik qilayotgani borasidagi tahlil va kuzatuvlarimizni  davom ettiramiz.

Besh kuchli chempionat: navbatdagi tur qanday natijalar bilan yakunlandi?

 

Xo‘sh, besh kuchli chempionatning navbatdagi tur o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi?      

                                                                 

       Premyer Liga

Angliya chempionati tahliliga o‘tishdan avval kecha transfer oynasida ro‘y bergan katta voqeaga to‘xtalmaslik mumkin emas. Chunki qachonlardir futbol olamiga katta yurishni boshlagan Krishtianu Ronaldu o‘zining sobiq jamoasi safiga kelib qo‘shildi. Portugalning «qizil iblislar»ga o‘tishi chempionat nufuzini yana-da oshirishi tabiiy.

 

O‘tgan hafta Angliya premyer ligasida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.  Ushbu turda birgina «Manchester Yunayted»ning “Sautgembton” bilan durang o‘ynagani hisobga olinmaganda  favqulodda natija qayd etilmadi. “MYU”ga Krishtianu Ronalduning kelishi jamoa o‘yiniga taʼsir o‘tkazishi shubhasiz. Xabarlarga ko‘ra futbolchi “Nyukasl” bilan bo‘ladigan navbatdagi tur o‘yinida maydonga tushadi. Ushbu turning markaziy o‘yini “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari ishtirokida London derbisida o‘tkazildi. Mavsum boshidan o‘zgacha shiddat bilan o‘yin namoyish qilayotgan “Chelsi” muvaffaqiyatli yurishda davom etmoqda. O‘z uslubiga tushib ololmayotgan “Arsenal” ikkinchi turda ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi. Derbida 0:2 hisobida Tomas Tuxel jamoasi g‘alaba qozondi. Turning gollarga boy bo‘lgan o‘yini «Manchester Citi» – “Norvich” o‘rtasidagi bahsda kuzatildi. Birinchi turda “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan “shaharliklar” ikkinchi turda “Norvich”ni ayab o‘tirmadi. Bir tomondan alami bosildi, desak ham to‘g‘ri bo‘ladi. “Norvich” ikkinchi o‘yinda ham raqiblariga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ymoqda. Birinchi turda “Liverpul”ga 3:0 hisobida yutqazgan bo‘lsa, ikkinchi turda «Machester Citi» dan beshta to‘p hisobi bilan yengildi. “Tottenhem” bu turda ham raqibidan kichik hisobda ustun keldi.

 

Ikkinchi turda “Lids” – “Everton” to‘qnashuvi gollarga boy bo‘ldi. Bahs 2:2 hisobi bilan yakunlandi, jamoalar ochkoni bo‘lishib oldi. Shuningdek, “Vesthem” va “Lister” o‘yinida 4:1 hisobi qayd etildi. Unda “Vesthem”ning qo‘li baland keldi. Asosiy himoyachisi sog‘ayib safga qaytgan “Liperpul” birinchi turda yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng “Bernli”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi. Shunindek, Angliya chempionati ikkinchi turida “Brayton” “Uotford”ni 2:0 ga mag‘lub etgan bo‘lsa, shunday hisob «Aston Villa» – “Nyukasl” o‘rtasidagi o‘yinda ham qayd etildi. Unda «Aston Villa»ning qo‘li baland keldi. «Kristal Pelas» va “Brentford” to‘qnashuvida hisob ochilmadi. Shu tariqa Premyer Liganing ikkinchi tur uchrashuvlari  yakuniga yetdi. 

 

Turnir jadvalida “Vesthem” klubi “Lister” ustidan yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng birinchi o‘ringa chiqib oldi. Keyingi pog‘onalarni “Liverpul” va “Chelsi” klublari egallab turibdi. Jadvalning eng so‘nggida ikki turda ham yirik hisobda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan “Norvich” bormoqda. Undan yuqoridagi o‘rinlarni “Arsenal” va “Nyukasl” klublari band etgan. Ikkinchi turdan keyin to‘purarlar poygasiga “Vesthem” hujumchisi Antonio ham qo‘shildi. Hozirda to‘purarlar ruyxatida Bruno Fernandesh bilan Antonio uchtadan gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Angliya chempionati uchinchi tur asosiy o‘yinlari 28-29 avgust kunlari o‘tkaziladi.

 

La Liga

Ispaniya chempionati ikkinchi tur o‘yinlari ehtiyotkorlikni saqlagan holda o‘tayotganini ushbu turda qayd etilgan natijalardan bemalol bilib olish mumkin. Ushbu tur o‘yinalarining deyarli barchasida “1” raqamini uchratish mumkin. Turning gollarga eng boy o‘yini «Real Madrid» – “Levante” uchrashuvida qayd etildi. Unda o‘yinda oltita to‘p kiritildi. Shu tariqa jamoalar bir ochkoga ega bo‘ldi. Qolgan uchrashuvlarda samaradorlik kam bo‘ldi. Xususan, “Barsa” «Atletik B» bilan 1:1 natijaga kelishgan bo‘lsa, “Granada” – “Valensiya”, “Espanyol” – “Vilyareal” “Betis” – “Kadis” va “Osasuna” – “Selta” o‘yinlarida ham durang natija qayd etildi. Shuningdek, mazkur turda “Xetafe” o‘z uyida “Sevilya”ga imkoniyatni boy  berdi, “Atletiko” klubi bitta to‘p hisobiga “Elche”dan ustun keldi. Mazkur turda yana «Real Sosedat» – «Rayo Valekano» uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi. Ispaniya chempionati ikkinchi turidan keyin “Sevilya” turnir jadvalini boshqarib turibdi. Keyingi o‘rinlarni “Atletiko” va «Real Madrid» klublari egalladi. So‘nggi o‘rinlarda “Alaves”, «Rayo Valekano» va “Xetafe” jamoalari bormoqda. To‘p urarlar ruyxati boshida “Sevilya” klubi hujumchisi Erik Lamela turibdi. La Liga uchinchi tur o‘yinlari 28-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

 A seriya

Besh kuchli chempionat orasida biroz kechroq boshlangan Italiya chempionatida o‘tgan hafta birinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Turnirni “Verona” – “Sassuolo” o‘yini ochib berdi. Uchrashuv gollarga boy bo‘ldi. Natijada “Verona” o‘z uyida 2:3 hisobida raqibiga yutqazib qo‘ydi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi “Jenoa” Milan shahriga safar qildi va “Inter”ga qarshi maydonga tushdi. O‘z uyi va  tarkibidagi ustunlik evaziga mezbonlar  4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Roma” ham birinchi turni muvaffaqiyatli boshladi. “Bo‘rilar” chempionatning dastlabki o‘yinida “Fiorentina”ni qabul qildi. Natijada 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Mazkur turda “Bolonya” – “Salernitana” o‘yini ham gollarga boy bo‘ldi. Unda “Bolonya” 3:2 hisobda g‘alaba qozonib, uch ochko egasi bo‘ldi. Chempionlikka asosiy davogar Turinning “Yuventus”i esa “Udineze” maydonida 2:2  hisobga imzo chekdi. “Zebralar” shu tariqa mavsumni biroz kayfiyatsiz boshladi. Hozirda klub Ronalduni «Manchester Yunayted»ga sotganidan so‘ng hujum chizig‘ida portugaliyalikka nomzod izlamoqda. Ushbu turda “Kalyari” – “Spetsiya” o‘yinida ham 2:2 hisobda durang natija qayd etildi. Chempionatda yevro kubogiga nomzod Neapolning “Napoli” klubi “Venetsiya” ustidan g‘alaba qozondi. Shuningdek, dastlabki turda “Torino” o‘z uyida “Atalanta”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Empoli” ham uyida “Latsio”ga 1:3 ga mag‘lubiyatga uchradi. Italiya A seriyasi birinchi turidan keyin “Inter” turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda “Udineze” va “Latsio” klublari bormoqda. Jadvalning so‘nggi o‘rinlarini “Venetsiya”, “Jenoa” va “Verona” jamoalari egallab turibdi. To‘purarlar ruyxatini “Inter” hujumchisi Korrea boshqarib bormoqda.

 

Bundesliga

Tartib-intizomi, futbolchi va muxlislarning o‘zini tutishi bilan boshqa chempionatlardan ajralib turadigan Germaniya Bundes Ligasida ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Chempionat fovariti “Bavariya” “Kyoln” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu turning shov-shuvli natijasi “Frayburg” – «Borussiya D» o‘rtasidagi o‘yinda kuzatildi. Unda “Frayburg” maydoniga safar qilgan dortmundliklar kichik hisobda imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. Turda yirik hisoblar ham qayd etildi. Xususan, «RB Lebsig» o‘z uyida “Shtutgart” ni 4:0 hisobida yenggan bo‘lsa, “Bayer” ham «Borussiya M» klubini xuddi shu hisobda  mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, “Groyter” – «Armeniya Bilefe», “Xoffenxaym” – «Union Berlin» hamda «Ayntraxt Frankfurt»  uchrashuvlarida durang natija qayd etildi. Turning qolgan bahslarida “Gerta” “Volfsburg”ga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, “Maynz” safarda “Boxum”ga imkoniyatni boy berdi. Kecha Germaniya chempionati uchinchi tur o‘yinalariga start berildi. Unda «Borussiya D» – “Xoffenxaym” ustidan 3:2 hisobda ustun keldi. Bugungi kunda ikkinchi tur o‘yinlaridan so‘ng «Borussiya D» bitta ko‘p o‘yin bilan turnir jadvalida peshadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda “Volfsburg” va “Bayer” jamoalari bormoqda. So‘nggi o‘rinlarda “Gerta”, Augsburg”, «Borussiya M» jamoalari kelmoqda. To‘purarlar ro‘yxatida uchta gol bilan «Borussiya D» hujumchisi Erling Xolond peshqadamlik qilyapti.

 

Liga 1

Bu mavsumda Fransiya chempionatida murabbiy va futbolchilar bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.  Biroz erta boshlangan Liga 1 da uchinchi tur o‘yinlari ortda qoldi. Chempionat peshqadami bo‘lib turgan “PSJ” klubi bu turda ham muvaffaqiyatli yurishda davom etdi. Parijliklar bu safar  “Brest” jamoasini  mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa jadvaldagi o‘rnini mustahkamlab oldi. Turning eng qiziqarli o‘yini “Lion” va “Klermon” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. Fransiya chempionatining ushbu tur o‘yinlari bir qator durang natijalar bilan esda qoldi. Xususan, «Sent-et yen» – “Lill”, “Mets” – “Reyms”, “Strasbur” – “Trua” va “Bordo” – “Anje” uchrashuvlarida 1:1 hisobidagi durang ntiaj qayd etildi. Shuningdek, mazkur turda “Nant” safarda “Renn”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Monpele”  o‘z uyida “Loryan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi. “Manako” esa kutilmaganda “Lans”ga yutqazib qo‘ydi. Fransiya chempionati uchinchi turidan keyin “PSJ” turnir jadvalini boshqarib borayotgan bo‘lsa, “Anje” va “Klermon” klublari uni taʼqib qilib kelmoqda. Jadvalning so‘nggi o‘rinlarida “Strasbur”, “Manako” va “Trua” klublari bormoqda. To‘purarlar ruyxatini esa “Marsel” hujumchisi Paye boshqarib turibdi. Liga 1 chempionatining to‘rtinchi tur o‘yinalari 28-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Besh kuchli chempionat: navbatdagi tur qanday natijalar bilan yakunlandi? | Zamon.uz