Jahon

Bugungi Afg‘oniston: taniqli olti afg‘on ayol talqinida

“Tolibon” terrorchilik harakati Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach nafaqat raqiblari, balki oddiy fuqarolar, ayniqsa, ayollarda katta vahima uyg‘otdi.

Bugungi Afg‘oniston: taniqli olti afg‘on ayol talqinida

Toliblar garchi inklyuziv hukumat tuzish, ayollar huquqi kamsitilmasligiga vaʼdalar berayotgan bo‘lsa-da, lekin keng omma ularning bu vaʼdalariga ishonayotgani yo‘q. Shu bois  minglab afg‘onlar  Afg‘onistonni tark etish ilinjida ekani hech kimga sir emas.

 Mamlakatda taniqli 6 nafar  afg‘onistonlik ayollarning bugungi Afg'oniston haqidagi fikr-mulohazalarini jamlashga harakat qildik.  

Salima Mazari bundan avval tumanga rahbarlik qilgan. Hatto erkak davlat xizmatchilari yurtni tashlab qochayotgan bir vaqtda u hech qayoqqa ketmadi. “Tolibon”lar hokimiyatni egallagach uni asrga oldi.

 

Salima Mazari:

— Bugun deyarli barcha afg‘on xonadonida ocharchilik hukum surmoqda. Afg‘on ayollari zo‘ravonliklardan deyarli himoya etilmagan, vaziyat juda og‘ir.  

 

Saxara Karimi, kinorejissyor, Afg‘oniston davlat kinostudiyasiga rahbarlik qilgan:

—“Tolibon”lar hokimiyatni bosib olgach  ilojsizlikdan mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldim. O‘zim bilan  faqat jiyanlarimni olib ketishga ulgurdim. Ularning men tufayli azob-uqubat chekishiga chidab turolmayman. Ular meni qatl etishlari, qarindosh-urug‘larimni tahqirlashlari  aniq edi. “Tolibon”lar  sanʼat va madaniyatni  tan olmaydi, uning rivojlanishiga  qarshi.

 

Xolida Popal, ayollar futbol jamoasi rahbari:

— Biz afg‘on ayollari orasida sportni targ‘ib qilish uchun bor kuchimizni ayamadik.  Ayollar o‘rtasida futbol klubini  tuzdik. Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, barcha mehnatimiz chippakka chiqdi. “Tolibon”lar birinchi marta hokimiyatni egallaganidan so‘ng sportchi ayollarni ayovsiz kaltakladi, toshbo‘ron qildi,  o‘ldirdi. Futbol stadionlarida futbol o‘ynagan afg‘on ayollarini  birma-bir qatl qildi. Futbol maydoni qonli maydonga aylandi. Eʼtibor bering, Afg‘oniston ayollari hanuzgacha shafqatsizlikdan qochib, o‘zlariga o‘t qo‘yayotgan va nikoh yoshiga yetmagan qizlar uzatilayotgan mamlakat sifatida qolmoqda.

 Ayollar futbol jamoasi 20 yil deganda shakllangan edi. Lekin men shahid ketgan qizlar uchun  koptok tepishni davom ettiraman.  Meni hech narsa to‘xtatolmaydi.

 

Shabnam Xon Davron, jurnalist:

–Toliblar televideniyeni egallab olgach, ishimni davom ettirishimga qarshilik ko‘rsatdi. O‘shanda atigi ikki-uch kun oldin ular ayollarning ishlashiga  ruxsat berilishini aytgan edi. Ammo  aytgan so‘zi ustidan chiqmadi.  Qo‘limda ruxsatnomam  bo‘lsa-da, ofisga kiritmadi, eshik oldidan qaytarib yubordi. Hayotimiz xavf ostida. Jangarilar afg‘on ayollariga nisbatan zo‘ravonlikni  davom ettirmoqda.

 

Mina Asadi, teekvando sport ustasi:

—Shaxsan men tolibonlarga umuman ishonmayman,  ular haqiqiy ekstremist.

Ular xonadonlarga kirib davlat xizmatida  ishlaganlar va sportchilarni surishtirib yuribdi. Ular bizga o‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatmoqda, ammo unday emas, ular hech kimga do‘st bo‘lmaydi. Avval qanday bo‘lsa shundayligicha qolgan, o‘zgarmagan. O‘zgardik, degan gaplariga ishonmaslik kerak.

 

Kristal Bayat, Kobulda toliblarga qarshi bosh ko‘targan faol ayollardan biri:

—Afg‘onistondagi ayollar huquqlarini himoya qilishni talab qilib namoyishlar o‘tkazdik. Ammo aksariyat  ayollar qo‘rqib bizga qo‘shilmadi. Biz ular bilan qonimiz to‘kilguncha  kurashamiz. Ular qarshisida hech qachon bosh egmaymiz.  Axir afg‘on ayollarining ham boshqa ayollar kabi  kelajagi porloq bo‘lishi, o‘qish va ishlashi uchun haq-huquqi bor. Toliblar menga  taslim bo‘lishimni aytdi, ammo men ularga bosh egmadim. Men barcha afg‘on ayollariga   shunday demoqchiman: o‘zingizni qo‘lga oling!

Munojat Valiyeva

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"