Jamiyat

Qashqadaryoda sobiq o‘quvchi o‘zi o‘qigan maktab taʼmiri uchun 2.5 milliard so‘m ajratdi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 37-maktabda maktabning sobiq o‘quvchisi, tadbirkor Sirojiddin Xoliyorov muassasaning to‘liq taʼmiri uchun 2.5 milliard so‘m ajratdi.

Qashqadaryoda sobiq o‘quvchi o‘zi o‘qigan maktab taʼmiri uchun 2.5 milliard so‘m ajratdi

 

 

Bu haqida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, maktab hovlisida zamonaviy sport maydoni ham qurilib, o‘quvchilar va mahalliy yoshlar foydalanishi uchun sharoit yaratilgan.

Tuman hokimi va tadbir mehmonlari maktabda bo‘lib, yaratilgan sharoitlarni bilan yaqindan tanishgan. Maktab kitob fondiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining kitoblari sovg‘a qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi 6 oyda xizmat safarlari uchun 400 millionga yaqin xarajat qilishi hamda maktablarda moliyaviy savodxonlik kursi o‘tilishi aytilgandi. 

Qashqadaryoda sobiq o‘quvchi o‘zi o‘qigan maktab taʼmiri uchun 2.5 milliard so‘m ajratdi | Zamon.uz