Jamiyat

Shahzoda Muhammedovaning eri 50 ming dollar mukofoti bo‘lgan realiti-shouni boshlaydi

Realiti-shou Dubayda suratga olinadi.

Shahzoda Muhammedovaning eri 50 ming dollar mukofoti bo‘lgan realiti-shouni boshlaydi

 

 

Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning eri, tadbirkor Marat Hamdamov odamlarning orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam berish uchun o‘zining shaxsiy realiti-shousini boshlaganini eʼlon qildi. Hamdamov o‘zining 17 yoshli fotosuratini Instagram'ga qo‘yib, muvaffaqiyatga erishishining murakkab yo‘li haqida gapirdi. Tadbirkor 19 yoshida birinchi million dollar topganini, lekin 26 yoshida bankrot bo‘lganini aytib bergan. Marat hozirda yillik daromadi 20-25 million dollar bo‘lgan bir nechta kompaniyani boshqaradi.

Hamdamov o‘zbek yoshlarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun keng ko‘lamli loyiha tashkil qilmoqchi ekanligini bildirdi. Realiti-shouda 20 dan ortiq omadli odamlar Dubayga uchish va biznesni boshqarish asoslarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tomoshabinlar Dubayga borib, kuzatishi mumkin. Marat faol bo‘lmagan ishtirokchilar diskvalifikatsiya qilinishini ham taʼkidladi. Loyihada ishtirok etish bepul emas.

O‘yin oxirida eng ko‘p pul ishlagan guruh g‘olib deb eʼlon qilinadi. Uning aʼzolari 50 ming dollarlik tayyor biznes loyihasining egalariga aylanadi. Qolgan barcha ishtirokchilar ishga joylashtirilishi haqida ham aytib o‘tilgan.

Marat Hamdamov keyinroq qanday qilib loyiha ishtirokchisi bo‘lish haqida batafsil maʼlumot berishini aytdi.