Jamiyat

Birinchi prezident Islom Karimovning matbuot kotibi og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov matbuot kotibi bo‘lib ishlagan Irismat Abduxoliqovning hayoti xavf ostida, deb yozdi taniqli jurnalist Rahimjon Sultonov.

Birinchi prezident Islom Karimovning matbuot kotibi og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda

 

Uning aytishicha, Abduxoliqov koronavirus bilan kasallanib, Qibray tumanidagi shifoxonasida davolanmoqda, ahvoli og‘ir. Avvaliga uni sog‘ayib qoldi deb uyiga jo‘natishgan, keyinroq Qibraydagi veteranlar reabilitatsiya markazida davolangan. U yerda ahvoli yomonlashgach, tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

 

«Irismat aka yotgan palata 3-qavatda bo‘lib, 5 yil oldin yangilangan lift ishlamayapti. 78 yoshli bemorni zinadan olib chiqishgan. Ovqatlari g‘arib, yana unga pul to‘lash kerak, dorilarni ham sotib olishi lozim», deb yozgan jurnalist.

 

Irismat Abduxoliqov sobiq ittifoq davrida “Vremya” dasturining maxsus muxbiri bo‘lgan. Avval Islom Karimov, keyin Vazirlar Mahkamasining matbuot kotibi bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jurnalistika bo‘yicha katta o‘qituvchi sifatida ishlagan.

 

Maʼlumot uchun, ayni paytda Irismat Abduxoliqov O‘zbekiston milliy axborot agentligida ishlaydi.

Birinchi prezident Islom Karimovning matbuot kotibi og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda | Zamon.uz