Sport

Mbappe  «Real Madrid» bilan kelishib olgan...mi?

Messi “PSJ” safiga qo‘shilganidan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay klub hujumchisi Kilian Mbappe  «Real Madrid»ga o‘tishi haqida xabar tarqaldi. Biroq “PSJ” va “Real” klublari bu borada hali kelishuvga erisha olmadi.

Mbappe  «Real Madrid» bilan kelishib olgan...mi?

 

 

“Real” Mbappe uchun 170 million yevro to‘lamoqchi ekani maʼlum. Biroq Parij klubi bu taklifga rozilik bermagan. Shu bois «Real Madrid» Kilian Mbappe uchun “PSJ” klubiga yangi taklif tayyorlayotgani aytilmoqda. Parijliklar “Real”dan 215 million yevro so‘ramoqda. Bundan avval ular futbolchini 220 million yevroga baholayotgan edi. Shu tariqa ikki klub Mbappe borasida haligacha kelishuvga erisha olgani yo‘q.

 

 Fransiyalik hujumchi jamoadan ketishni xohlayayotgan bo‘lsa-da, lekin klub madridliklar taklifiga rozilik bermayapti. «Real Madrid» rahbariyati esa futbolchining o‘zi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Xabarlarga ko‘ra, «Real Madrid» Kilian bilan 2027 yilga qadar shartnoma tuzishga kelishgan. Futbolchi yangi jamoa safida 35 million yevro maosh olishi aytilmoqda. Hozirda «PSJ»  futbolchini  180 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida maʼlumot bor.

 

Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 4 -turidan o‘rin olgan «Reyms»ga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Avvalroq Kilian Mbappe o‘zini yulduz hisoblashi haqida xabar bergan edik.

 

Jamshid Amirov

custom img

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"