Jahon

Olimlar koronavirus simptomlari so‘nggi bir yilda jiddiy o‘zgarishga uchraganini aniqladi

Britaniyalik olimlar koronavirusning asosiy simptomlari so‘nggi bir yilda jiddiy o‘zgarishga uchraganini maʼlum qildi.

Olimlar koronavirus simptomlari so‘nggi bir yilda jiddiy o‘zgarishga uchraganini aniqladi

 

 

Mutaxassislar 2020 yilning 26 aprelidan 2021 yil 7 avgustigacha bo‘lgan ommaviy PSR-test natijalari va simptomsiz kasallangan bemorlar kasallik tarixini tahlil qilib chiqqan. Hozirda Britaniyada koronavirusning ilk alomatlarini aniqlashda asosan 4 belgi —  yuqori tana harorati, quruq yo‘tal, taʼm va hid sezgilarini yo‘qotish inobatga olinadi. AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi o‘z bayonnomalarida issiq chiqishi, qaltirash, charchoq, nafas yetishmovchiligi, tana va mushaklarda og‘riq, bosh va tomoq og‘rig‘i, tumov, burun bitishi, qayt qilish va diareyani ham kasallik belgilariga kiritgan.

 

Tatqiqot natijalariga ko‘ra, 2020 yil aprelidan dekabrgacha ommaviy emlash boshlanmagan davrda  Britaniyada asosan Covidning “alfa” shtammi tarqalgan. Bemorlar qayd etgan simptomlar asosan yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, titroq, taʼm va hid bilmaslik bo‘lgan.

 

Qishga kelib bu belgilarga nafas yo‘llari kasalliklarining boshqa belgilari ham qo‘shilgan. Ularning barchasi mavsumiy kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

2021 yil mayidan boshlab mamlakatda “delta” shtammi keng tarqaldi. Bemorlar endi bosh og‘rig‘i va burun bitishidan tez-tez shikoyat qila boshlagan. Bu kabi simptomlar qisman emlangandan keyindan  kasallanganlarda ham kuzatilgan. Shu bilan birga har to‘rtinchi bemorda mushak og‘riqlari, charchoq va holsizlik, har uchinchi bemorda taʼm va hid bilishni yo‘qotish qayd etilgan.

 

Tadqiqot mualliflari bu kabi belgilar asosan 20-30 yoshlilar orasida kuzatilgan, yosh kattalashuvi bilan kasallikning intensivligi kamaygan, yoshi qarilarda esa biroz yuqoriroq bo‘lgan.

 

Olimlar “delta” shtammning asosiy belgilari sifatida holsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i, tomoq va mushaklarda og‘riq, taʼm va xid bilishning yo‘qolishini aytib o‘tishgan.

 

Eslatib o‘tamiz bundan avval olimlar Olimlar koronavirusning “delta” shtammi suvda 72 soatgacha yashay olishini aniqlagani xabar qilingan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.