Toshkentda “Spark”dan giyohvand modda chiqdi
Eng ko‘p fosh etiladigan jinoyatlardan biri bu giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlardir. Mo‘may daromad ilinji yoki nafsiga qul kimsalar tomonidan sodir etilayotgan bu jinoyat tufayli qanchadan-qancha odamlar javobgarlikka tortiladi, tonnalab giyohvand moddalar yo‘q qilinadi. Lekin oramizda yashirin yo‘llar bilan bu qabih ishga qo‘l urayotganlar ham ko‘plab topiladi.


Navbatdagi giyohvand moddalar bilan bog‘liq holat joriy yilning 29 avgust kuni Chilonzor tumanida aniqlandi. Xizmatga jalb etilgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “Spark” rusumli, davlat raqami 01 S 414 UA bo‘lgan avtoulov to‘xtatib, tekshirganda mashina salonidan selofan paketchada, kukunsimon modda topilib, xolis guvohlar ishtirokida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi K.A. Chilonzor tumani IIO FMB 2-IIBga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergeli tumanidagi zavodlardan birida Respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 1 tonna 350 kg.ga yaqin giyohvandlik vositalari yoqib yuborilgani xaqida maʼlumot bergan edik.
Munojat Valiyeva







