«Uzbekistan Airways» yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvozni amalga oshirdi
Kompaniya matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ilk Uzbekistan Airways Express aviaqatnoviga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda 22 nafar migrant-yo‘lovchilar taklif etilib, ularga bir martalik Toshkent—Moskva yo‘nalishiga bepul aviachiptalar hadya etildi.


Uzbekistan Airways Express o‘z aviaqatnovlarini «to‘liq ekonom» tarzida komponovka qilingan 4 ta Airbus A320 samolyotida amalga oshiradi. Ushbu avialaynerlarda amalga oshiriluvchi parvozlarning aviachipta narxlari 20 foizga pasaytirilgan va sentyabr oyidan boshlab quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-
Toshkent—Moskva —1 490 645 so‘mdan, Toshkent—Moskva—Toshkent — 2 833 750 so‘mdan;
-
Urganch—Moskva — 1 490 645 so‘mdan, Urganch—Moskva—Urganch — 2 833 750 so‘mdan;
-
Namangan—Moskva —1 490 645 so‘mdan, Namangan—Moskva—Namangan — 2 833 750 so‘mdan;
-
Buxoro—Moskva — 1 490 645 so‘mdan, Buxoro—Moskva—Buxoro — 2 833 750 so‘mdan;
-
Farg‘ona—Moskva — 1 490 645 so‘mdan, Farg‘ona—Moskva—Farg‘ona — 2 833 750 so‘mdan;
-
Qarshi—Moskva — 1 490 645 so‘mdan, Qarshi—Moskva—Qarshi — 2 833 750 so‘mdan;
-
Toshkent—Krasnodar — 1 717 888 so‘mdan, Toshkent—Krasnodar—Toshkent — 3 158 892 so‘mdan;
-
Toshkent—Mineralniye Vodi — 1 551 782 so‘mdan, Toshkent—Mineralniye Vodi—Toshkent — 3 003 550 so‘mdan;
-
Toshkent—Rostov-Don — 1 520 238 so‘mdan, Toshkent—Rostov-Don—Toshkent — 2 974 635 so‘mdan.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Avvalroq Uzbekistan Airways Mustaqillik kuni munosabati bilan chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar eʼlon qilingandi.







