Jahon

Xitoy tashqi ishlar vaziri AQSHdan noroziligini bildirdi

Vazir AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida bu haqda maʼlum qilgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri AQSHdan noroziligini bildirdi

 

 

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSHga koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobot yuzasidan norozilik bildirdi.

 

Vazir AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida bu haqda maʼlum qilgan.  “Xitoy AQSH maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha hisobot yuzasidan qatʼiy norozilik bildiradi”, — deyiladi Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida.

 

Pekin Vashingtonni masalani siyosiylashtirishni to‘xtatishga chaqirdi. Van I bu tahminlar AQSHning avvalgi prezidenti (Donald Tramp) adminsratsiyasidan qolganligiga eʼtibor qaratgan.

 

AQSH bu fikrlardan qanchalik tez voz kechsa, “shunchalik tez boshi berk ko‘chadan chiqadi”.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH milliy razvedkasi 27 avgust kuni Jozef Baydenga koronavirus kelib chiqishi yuzasidan hisobot taqdim etgan edi. Ammo maxsus xizmatlar kasallikning manbasi bo‘yicha aniq xulosaga kela olmagan. Shunday bo‘lsa-da, COVID-19 biologik qurol sifatida yaratilmagani qayd etilgan. Tarqalishning ehtimoliy sababi sifatida, infeksiya tushgan hayvon bilan tabiiy aloqa yoki Uxan laboratoriyasidagi baxtsiz hodisa keltirilgan.

 

O‘z navbatida Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSHning bu harakatlariga norozilik bildirdi. Vazirlik rasmiy vakili Van Venbin Vashingtonni virus kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga chaqirdi. Amaldorning fikricha “Maxsus xizmatlarning “COVID-19” kelib chiqishini aniqlashi ilm-fanga ziddir”.

 

 Bundan avval Vashington Uxan laboratoriyasida o‘rganilgan minglab viruslar bo‘yicha maʼlumotlar  qo‘lga kiritilganini maʼlum qilgan.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.