O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yangi bog‘ va yodgorlik kompleksini qurishda nimaga eʼtibor qaratilganini aytdi

Bugun, 31 avgust kuni Qibray tumanida barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yangi bog‘ va yodgorlik kompleksini qurishda nimaga eʼtibor qaratilganini aytdi

 

 

«Ayni daqiqalarda barchamiz yana bir tarixiy voqea, yaʼni istiqlolimizning shonli sanasiga bag‘ishlab bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilish marosimiga to‘planib turibmiz. Yodingizda bo‘lsa, biz may oyida keng jamoatchilik bilan birga yaxshi niyat bilan bog‘ hududida dastlabki nihollarni ekib, majmuaga tamal toshi qo‘ygan edik. Bugun ezgu orzu-intilishlarimiz ijobat bo‘lib, qisqa muddatda xalqimiz, bunyodkor vatandoshlarimizning azm-u shijoati bilan mana shu ulkan maydonda muazzam bog‘ va yodgorlik kompleksini barpo etishga erishdik.

G‘oyat qiyin va murakkab sharoitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinchligi va omonligini o‘ylab, o‘zini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atroflicha yoritildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lini aks ettirish eʼtibor markaziga qo‘yildi», dedi davlat rahbari.

 

 

Mustaqillik monumenti poyiga: «Xalqimiz tarixida ezgu iz qoldirgan barcha ajdodlarimiz doimo qalbimizda», degan so‘zlar bitilgan.

 

 

 

 

Bog‘ mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklida. 

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyoboniga tashrif buyurib, u yerda vatanimiz fidoyilari, milliy istiqlol yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasi yod etildi. Qurʼon tilovat etilib, o‘tganlar haqiga duo qilingani haqida xabar berilgandi.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.