Yana bir telekanal test rejimida ish boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yana bir yangi telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi.


O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi muassisligidagi “Renessans TV” telekanali “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media dasturi doirasida tashkil etilgan.
Maʼlumot uchun, 2021 yil 1-sentyabrdan boshlab “Renessans TV” test rejimida o‘z efirini boshlaydi.
Ayni paytda respublikamizning 70 foiz hududini qamrab olgan ushbu telekanal bosqichma-bosqich butun yurtimiz bo‘ylab o‘z media mahsulotlarini taqdim etadi.
Hozirda efirlarga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda.







