Jamiyat

Google qidiruv tizimi Mustaqillik kuni sabab o‘zgardi

Ahamiyatli jihati, O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan tasvirga bosilganda, mazkur qidiruv tizimidan mamlakatimiz tarixiga oid maʼlumotlardan xabardor bo‘lish mumkin.

Google qidiruv tizimi Mustaqillik kuni sabab o‘zgardi

 

 

Mustaqilligimizning 30 yilligi sharafiga Amerikaning “Google” korporatsiyasi belgisida O‘zbekiston bayrog‘i joylashtirildi. 

 

Qidiruv berish uchun ushbu tizimga kirganda O‘zbekistonning hilpirab turgan bayrog‘i va Mustaqillik kunini aks ettiruvchi “kompozitsiya”ga ko‘z tushadi.

 

Maʼlumot uchun, Google bahor fasli va “Navro‘z” bayrami munosabati bilan ham o‘z tabrigini ifoda etgan edi.

 

Bundan avvalloq Malayziya, BAA kabi yirik mamlakatlarning eʼtirofga sazovor joylarida ham mustaqilligimiz sharafiga bayrog‘imiz tushirilgan tasvirlar eʼlon qilingan edi.

Google qidiruv tizimi Mustaqillik kuni sabab o‘zgardi | Zamon.uz