Jamiyat

Buxorolik hamshira ayol xonadonga o‘g‘irlikka tushdi

Ayol —  mehribon ona, sevimli yor, oila bekasi! Unga jinoyat qilish emas, go‘zallik yaratish yarashadi. Ammo oramizda mana shu go‘zal hilqatga dog‘ tushirayotganlar ham, afsuski, yo‘q emas. Oson yo‘l bilan mo‘may daromad topish ilinjida buxorolik 26 yoshli hamshira ayolning peshonasiga “jinoyatchi” degan tamg‘a bosildi.

Buxorolik hamshira ayol xonadonga o‘g‘irlikka tushdi

 

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 11 iyul kunidan 11 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.L.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kiradi. So‘ngra shkafdagi kiyim cho‘ntagidagi matoga o‘ralgan tilla taqinchoqlarni yashirin ravishda talan-taroj qilib, jabrlanuvchiga 10 million so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB 2-son IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan JK.ning 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan hamshira qiz A.Z. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quva tumanida xonadondan 31  million so‘m pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlangani hamda maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushgani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Buxorolik hamshira ayol xonadonga o‘g‘irlikka tushdi | Zamon.uz