Jamiyat

Mandat natijalarini qanday bilish mumkin?

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

Mandat natijalarini qanday bilish mumkin?

 

 

my.dtm.uz sayti orqali:

 

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

 

 mandat.dtm.uz sayti orqali:

 

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

 

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

 

 @mandat2021bot

@mandat20211_bot

 @mandat20212bot

 @mandat20213bot

 @mandat20214bot

 

 SMS xabarnoma xizmati orqali:

 

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

 

 QR-kod orqali:

 

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

 

 Test natijalari qaydnomasi orqali:

 

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi.