Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng vafot etgani aytilgan fuqaro bo‘yicha holat nazoratga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi ayol T.Q.ning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan emlangani, natijada ahvoli og‘irlashib vafot etgani haqida aytadi.


Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi onaxonning murojaati nazoratga olindi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.
Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan. Vaziyatni o‘rganish maqsadida tezkor guruh tuzilib, O‘rta Chirchiq tumaniga yuborilgan.
Vazirlik o‘rganishlar natijasi haqida batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan so‘ng ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida videolavha tarqalgach, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaziyatni nazoratga olgani, uning ahvolini o‘rganish, bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgani haqida xabar berilgan edi.







